“Kichkina umid nuri”: O’zbekistondagi gomoseksuallikni dekriminallashtirish uchun haqiqiy imkoniyat

O’zbekistonda erkaklar o’rtasidagi jinsiy aloqa jinoyat hisoblanadi / CC BY 2.0 upyernoz / Flickr. Some rights reserved

Bir yigit aytganidek, toki 120-modda kuchda ekan, “biz qo’rquvda yashaymiz va gomofoblar bizning ustimizdan hokimiyatga ega bo’lishadi”.


Maqolaning asl nusxasini o’qing: openDemocracy.net


«Bolaligimdan men har doim boshqacha ekanligimni tushunib etardim. Qalbimni chuqurida men o’zimni yolg’iz his qilaman, go’yoki bu dunyoda begonadekman», – Rustam* shunday dedi. U O’zbekistondagi minglab boshqa gomoseksual va biseksual erkaklar singari, agar u o’zining jinsiy orientatsiyasini yashirmasa, familiyasiga dog’ tushurish va yaqinlarini yo’qotish xavfi borligini erta anglab yetgan.

«Mening barcha tashvishlarim, hissiyotlarim va og’riqlarim ichimda qoladi”. Hatto yaqinlarimga ham aytolmayman. Ularning gomoseksuallarga bo’lgan nafratlari cheksizdir» – deya qo’shimcha qiladi u.

Rustam shuningdek, unga nisbatan qilingan shafqatsiz munosabat yoki kamsitish uchun hech kim jazolanmasligini biladi, aslida u gey bo’lganligi uchun ossongina qamoqqa tushishi mumkin.

Gomoseksuallik O’zbekistonda noqonuniy hisoblanadi. Mamlakat Jinoyat kodeksining 120-moddasiga asosan, voyaga etgan erkaklar o’rtasidagi jinsiy munosabatlar uchun uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Jazolanmaslik

Turkmanistondan tashqari, O’zbekiston sobiq Sovet Ittifoqining yagona respublikasi bo’lib, u erda bir jinsli munosabatlar jazolanadigan jinoyat bo’lib qolmoqda – bu 1920-1930 yillarda qabul qilingan Sovet qonunchiligidan qoldiq deb hisoblanadi. Bu aksariyat ko’plab musulmonlar yashaydigan boshqa mamlakatlar, shu jumladan, O’zbekistonning qo’shnilari – Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston, hamda Ozarbayjon va Turkiyani gomoseksuallikni dekriminallashtirganiga qaramay.

Ammo O’zbekistondagi gey va biseksuallarning ahvolini yaxshilash uchun kurashish o’rniga, mamlakat rasmiylari va siyosatchilari ko’p hollarda omma oldida gomofobik qarashlarni bildiradilar. Bu keng tarqalgan stereotiplarni kuchaytiradi va mamlakatda LGBT + hamjamiyati a’zolarini kamsitish, tovlamachilik, qamoq va hatto zo’ravonlik qo’rquvida yashashga mahkum qiladi.

So’nggi bir necha yil ichida ishlab chiqilgan O’zbekiston Jinoyat kodeksining yangi loyihasi bunga misoldir. Garchi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bir necha bor O’zbekistonni ushbu imkoniyatdan foydalanib, gomoseksuallikni dekriminallashtirishga chaqirishgan, buni o’rniga, 120-moddaning mazmuni shunchaki 154-moddaga ko’chirildi – yangi tahrirdagi “Oilaga, bolalarga va axloqqa qarshi jinoyatlar” nomli bobda – oldingi tahrirni o’zgartirmasdan.

«Ushbu modda odamlarga bizni suiiste’mol qilish, haqorat qilish va jazosiz qolish huquqini beradi», – bir yigit achchiqlik bilan aytdi. «U mavjud ekan, biz qo’rquvda yashaymiz va gomofoblar biz ustimizdan hokimiyatga ega bo’ladi», – deb yakunladi u.

«Men butun umrim davomida hech qachon bunday kaltaklangan yoki qo’rqitilmaganman. Men o’zimni bu qiynoqlardan ozod qilish uchun o’lishimni xohlardim»

Shu yil boshida, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O’zMTDP) rahbari Alisher Qodirov o’zining Telegram-kanalida mamlakat qonunlari “gomoseksualizm” uchun etarli darajada jinoiy javobgarlikka tortilmasligini ta’kidladi. Qodirovning fikriga ko’ra, O’zbekiston «gomoseksualizmni targ’ib qilishning barcha turlarini taqiqlashi» va Jinoyat kodeksining moddasi «majburiy davolash, qamoqga olish, fuqarolikdan mahrum qilish va deportatsiya qilishni nazarda tutishi kerak».

O’tgan yilning mart oyida Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi xodimlarining bosh maslahatchisi Oqil Ubaydullaev BMTning Inson huquqlari qo’mitasi ekspertlariga, gomoseksuallik «Islom dini tomonidan tasdiqlanmagan» va «o’zbeklarning mentalitetiga mos kelmaydigan», «hayot tarzi ekanligini» – aytdi, keng jamoatchilik bir jinsli munosabatlarning dekriminallashtirilishiga qat’iy qarshi ekanini qo’shimcha qildi.

Shunga qaramay, 2020 yil oktyabr oyida O’zbekiston BMTning Inson huquqlari bo’yicha kengashiga saylandi, uning a’zolari “inson huquqlarini himoya qilish va himoya qilishda eng yuqori standartlarga rioya qilishlari” kerak.

Suiiste’mol va tovlamachilik soyasidagi hayot

So’nggi yillarda 120-modda bilan qamalgan o’zbekistonlik yosh fuqaroning so’zlariga ko’ra, tergovga qadar hibsxonasida soqchilar boshqa tomonga qarashgan paytga, u boshqa mahbuslar tomonidan muntazam ravishda zo’ravonliklarga uchragan. Uning so’zlariga ko’ra, tergov izolyatorida o’tkazilgan kunlar «mening hayotimdagi eng dahshatli va jirkanch bo’lgan». Bundan tashqari, u birinchi marta axloqni tuzatish koloniyasiga kelganida, zobitlar uni kaltaklab, tayoq bilan zo’rlamoqchi bo’lishgan, mahbuslar va qamoqxona qo’riqchilari esa unga nafrat va xo’rlik bilan qarashgan.

Bir jinsli munosabatlarga aloqadorlikda gumon qilinayotganlar yoki mahkumlar O’zbekistondagi norasmiy, ammo qat’iy belgilangan qamoqxona ierarxiyasida eng past maqomga ega. Qo’riqchilar va boshqa mahbuslar ularni muntazam ravishda har xil xo’rlik ishlarini bajarishga majbur qilishadi, masalan, kir hojatxonalarni yalang’och qo’llari bilan tozalash. «Jinoyat kodeksining 120-moddasi har kuni minglab odamlarni qo’rquvda saqlaydi» – dedi Shuhrat* menga, «bu modda bizni zohid qiladi va doimiy soyada yashashga majbur qiladi» – qoshimcha qildi u.

Ajablanarlisi shundaki, 120-modda geteroseksual erkaklarga ham qarshi ishlatiladi. Frantsiyada surgun qilingan “Markaziy Osiyoda inson huquqlari” assotsiatsiyasi, IIB xodimlari dindor musulmonlarga qarshi 120-moddaga binoan ish ochish bilan tahdid qilib, katta pora olgan holatlarni hujjatlashtirgan.

O’zbekiston Ichki ishlar vazirligining malumotlariga ko’ra, 2016 yildan 2020 yilgacha jami 44 kishi 120-modda bilan sudlangan, hozirda 49 kishi tegishli jazo asosida qamoq muddatini o’tamoqda. Ammo, gomoseksuallikni jinoiy javobgarlikka tortish oqibatlari 120-moddaga muvofiq sudlanganlik sonidan oshib ketadi. IIB xodimlari ko’pincha ushbu nom ostida gomoseksual va biseksual erkaklarni ayblash yoki ularning oila a’zolari va qo’shnilariga jinsiy orientatsiyasini oshkor qilish bilan ulardan pul undirish uchun tahdid qiladi.

“Biz Evrosiyoning markazida yashayapmiz, lekin xuddi boshqa sayyoradagidek”

Ravshan*, yosh biseksual erkak, IIB xodimlari uning xonadoniga bostirib kirib, uni va sherigi bilan jinsiy aloqada bo’lganligini videoga olganlaridan keyin hibsga olingan. Zobitlar Ravshanni mahalliy militsiya bo’limiga olib borishdi, u erda «ular qo’llarimdan kishan bilan shiftga osishgan, qattiq kaltaklashgan va tayoq bilan zo’rlamoqchi bo’lganlar». Shundan so’ng, u erga yotqizilgan va xodim yigitning qornini ustida sakray boshlagan. Ravshan shunday eslaydi: «Men butun hayotim davomida hech qachon bunday kaltaklangan yoki qo’rqitilmaganman. Men o’zimni bu qiynoqlardan ozod qilish uchun o’lishni xohlardim». IIB xodimlari uni 2000-dollar bermasa, 120-moddasiga binoan qamoqqa tashlaymiz, deb qo’rqitganda, u to’ladi va qo’yib yuborildi. Ko’pincha, IIB xodimlari gey va biseksual erkaklarni o’zlarining boy do’stlari va sheriklari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga majbur qiladi. Keyinchalik, Ravshan sherigi, ehtimol o’zini ayblamasliklari va qamoqqa tushmaslik uchun IIB xodimlari bilan hamkorlik qilganini tushundi.

Shubhasiz, xavf tug’ilganda gomoseksual va biseksual erkaklar IIB xodimlariga tayanolmaydilar va o’zlariga tayanib qoladilar. Masalan, Komilning* hikoyasini olaylik. U O’zbekistondagi LGBT-odamlar uchun anonim tarzda onlayn yordam ko’rsatardi. O’tgan yili unga internetda o’lim bilan tahdid qila boshlashdi. Qo’ng’iroq qiluvchilar qandaydir tarzda uning kimligini aniqlashga muvaffaq bo’lishdi va bir kuni Komil ishdan uyiga ketayotib, uni ta’qib qilishayotganini payqadi. Sentabr oyida kimdir Komilning uyi oldida paydo bo’lib, tun yarmida uning yotoq xonasining derazasini taqillatdi. Yuklayotgan to’pponchaning ovozini eshitib, Komil bor ovozi bilan baqirdi va erkak g’oyib bo’ldi. Biroq, ertasi kuni uning telefoniga yana bir xabar keldi: «Biz seni mayda bo’laklarga bo’lib tashaymiz va suyaklaringni itlarga beramiz!».

Erkaklar o’rtasidagi jinsiy aloqa jinoyat hisoblangan mamlakatda, ushbu shaxsiy hikoyalar bosim, do’stlik va o’z yo’lini izlash borasidagi kundalik haqiqatlarni ochib beradi.

Gomofob faollarning ko’plab qurbonlari singari, Komil ham bu haqda IIBga xabar bermadi. Hibsga olish va qiynoqqa solishning haqiqiy xavfidan tashqari, ko’plab IIB xodimlari gomofoblar bilan aloqada o’rnatganlari to’g’risida ishonchli da’volar mavjud, onlayn xabar almashish xizmatlari orqali gomoseksual va biseksual erkaklarning ismlari, aloqa malumotlarini tarqatishadi, va kaltaklash va qo’rqitish videolarini tez-tez almashishni baham ko’rishadi. Ushbu amaliyot ko’p yillardan beri jazosiz davom etmoqda.

«Biz Evrosiyoning markazida yashayapmiz, lekin xuddi boshqa sayyorada yashayapgandekmiz, bu erda odamlarni, shunchaki shunday bo’lganlari uchun – nafratlanish va kamsitish, qamoqqa olish va jazolash, hamda o’ldirish odatiy holdir» deydi Shuhrat.

Bundan tashqari, jamiyatda davom etayotgan gomoseksuallik jinoyatсhiligi va keng tarqalgan gomofobiya gomoseksual va biseksual erkaklarning OIVga tekshirilishidan qo’rqishlariga olib keladi, ular yuqori xavf ostida bo’lishiga qaramay, va Markaziy Osiyo OIV tarqalishi bo’yicha eng xavfli joy hisoblanadi. Chunki OIV klinikasi xodimlari o’z mijozlarining jinsiy orientatsiyasi va OIV holati to’g’risidagi ma’lumotlarni, ko’pincha hollarda oila a’zolariga oshkor etishadi. Ushbu muassasalardan birida ish olib borgan xodim «Ivan* OIV-virusini tekshiruvini qanday o’tkazganini va markaz xodimlari undan telefon raqamini so’raganligini esladi. Ikki kundan keyin unga qo’ng’iroq qilishdi va unga OIV bilan kasallanganligini aytishdi. Shu bilan birga, agar u zudlik bilan markazga kelmasa va ularga to’liq aloqa ma’lumotlarini taqdim qilmasa, IBB uni chaqirishi va oilasiga uning gomoseksual ekanligini aytishi bilan qo’rqitishdi».

Garchi Prezident farmoni loyihasida yangi Jinoyat kodeksi 2022 yil 1 yanvardan kuchga kiradi, u O’zbekiston parlamenti tomonidan tasdiqlanmaguniga qadar, hali o’zgartirishlar kiritilish uchun imkoniyat bor. Gomoseksuallikni jinoiy javobgarligini tugatish O’zbekistondagi gomoseksual va biseksual erkaklarning soyadan chiqishiga yordam beradi.

Ba’zilarning bu nafratli fikrlash tarzidan chiqib ketganligi, umidga sabab bo’ladi. Masalan, gey yigitning onasi shunday eslaydi: «O’g’limning gey ekanligini bilganimda, vahimaga tushib qo’ldim. Uni «davolash» uchun imomlar va psixologlar huzuriga olib bordim. Men unga juda ozor berdim. Men bundan tez-tez pushaymon bo’laman. Endi men gomoseksuallik – bu kasallik emasligini tushunaman. Mening o’g’lim sog’lom. Endi men faqat o’g’limning baxtli bo’lishini istayman».

Masalan, Rustam taslim bo’lishni istamaydi. «Barchasiga qaramay, men hanuzgacha rasmiylar ushbu dahshatli moddani jinoyat kodeksidan olib tashlashiga va kelajakda biz qamoq va kamsitishlardan qo’rqmasdan hayotimizni kechira olishimizga – kichik umidni his qilyapman».

Ushbu maqola uchun intervyu bergan erkaklarning ismlari o’zgartirilgan yoki ularni shaxsiyatini himoya qilish maqsadida ko’rsatilmagan.